Rossiya

Antonov AQShni Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni toʻxtatishga chaqirdi

© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoye foto
Anatoliy Antonov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Elchining taʼkidlashicha, Amerika dronlari razvedka maʼlumotlarini toʻplaydi, bundan esa Kiyev Rossiyaga zarba berish uchun foydalanadi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qora dengiz ustida Amerika droni bilan sodir boʻlgan voqeadan soʻng Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQShning Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy harakatlarini qabul qilib boʻlmas deb atadi.
“AQSH harbiylarining chegaralarimiz yaqinida qabul qilib boʻlmaydigan faoliyati tashvish uygʻotmoqda. Biz bunday razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari qanday maqsadda qoʻllanilayotganini yaxshi bilamiz”, - deyiladi diplomatik missiya rahbari bayonotida.
Elchining taʼkidlashicha, Amerika dronlari razvedka maʼlumotlarini toʻplaydi, bundan esa Kiyev Rossiyaga zarba berish uchun foydalanadi. Antonovning soʻzlariga koʻra, Moskva Qoʻshma Shtatlardan “Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni toʻxtatishini” kutmoqda.
Shuningdek, Antonov voqeani provokatsiya deb atadi.
Seshanba kuni ertalab Qrim yarimoroli hududida Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasi yoʻnalishida transponderlari bilan oʻchirilgan AQSH uchuvchisiz uchar apparati parvozi qayd etilgan.
Dron Qora dengiz ustidagi havo hududidan foydalanish uchun rejim hududi chegaralarini buzgan. Shu munosabat bilan havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining navbatchi qiruvchilari dronni aniqlash uchun havoga koʻtarilgan.
MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati balandlikni yoʻqotib, nazoratsiz parvozga chiqqan va suvga qulab tushgan. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan, uchuvchisiz uchar apparati bilan aloqada boʻlmagan va oʻz baza aerodromiga muvaffaqiyatli qaytishgan.
Yangiliklar lentasi
0