Aholidan madaniy boyliklarni sotib olishga mo‘ljallangan portal ishga tushirildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovIzdeliya iz yantarya
Izdeliya iz yantarya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Endi “Milliyboylik.uz” platformasi orqali madaniy boyliklar topshirish mumkin.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Madaniy meros agentligi aholidan madaniy boyliklarni sotib olishga mo‘ljallangan portalni ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2022-yil 27-maydagi 261-son qarori bilan ishga tushirilgan, endilikda “Milliyboylik.uz” platformasi orqali madaniy boyliklar topshirish mumkin.
Arizalar agentlik tomonidan ko‘rib chiqilgach, 5 kun ichida arizachi bilan uchrashuv belgilanadi. Undan keyin ashyo qabul qilinib, badiiy ekspertlar kengashi tomonidan 30 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Shundan so‘ng, badiiy ekspertlar kengashi xulosasiga asosan arizachi bilan shartnoma imzolanadi yoki ariza rad etiladi.
Shartnoma imzolanib ashyo qabul qilinganidan so‘ng, umumiy summaning 15 foizi to‘lab beriladi hamda ashyo muzeyga topshirilgach qolgan 85 foiz to‘lov amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0