Dunyoda

Vishinskiy BMTda Ukrainani qamrab olgan rusofobiya haqida gapirib berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka oʻtishP/k "Voyennыe prestupleniya kiyevskogo rejima: pokazaniya ochevidtsev"
P/k Voyennыe prestupleniya kiyevskogo rejima: pokazaniya ochevidtsev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik jurnalist BMT Xavfsizlik Kengashida ruslarga nisbatan ochiq nafrat va rusofobiya avj olayotgani haqida aniq misollari bilan nutq soʻzladi.
TOSHKENT, 14 mart – Sputnik. Russia Today media guruhi ijrochi direktori Kirill Vishinskiy BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida Ukrainadagi rusofobiya haqida gapirdi va bunga aniq misollar ham keltirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Jurnalist oʻtgan yil davomida Ukraina telekanallari efirida yangragan rusofob va gʻayriinsoniy chaqiriqlarni birma-bir esga oldi:
"24-kanal" jurnalisti Faxrudin Sharafmal efirda “ruslarning oilasi va farzandlarini yoʻq qilib, ulardan qasos olishga chaqirdi”, - deya misol keltirdi Vishinskiy.
Ukrainalik shifokor va “Mobil kasalxona” loyihasi rahbari Gennadiy Druzenko asirga olingan rus askarlarini kastratsiya qilishga (bichish) chaqirgan edi.
Jurnalist, shuningdek, "ijtimoiy reklama" aks etgan videoga alohida eʼtibor qaratdi - unda anʼanaviy ukrain koʻylagi va gulchambar kiygan qiz oʻroq bilan rus askarining tomogʻini kesib tashlagani aks etgan. “Endi biz qonli hosilimizni yigʻayapmiz. Hammangizni oʻlim kutmoqda!", - degan ushbu ayol.
“Va bu bayonotlar bugun amaliyotga tatbiq etilmoqda – buni rossiyalik harbiy asirlarning qatl etilishidan, asirlikda ularga nisbatan gʻayriinsoniy munosabat natijalaridan, rusiyzabon Donbassdagi tinch aholining oʻqqa tutilishidan koʻrish mumkin”, — dedi Vishinskiy.
Bundan tashqari, rossiyalik jurnalist Oliy Radada roʻyxatga olingan qonuniy hujjat loyihasiga eʼtibor qaratdi. Unda Rossiyadagi siyosiy rejimni davlat darajasida "rashizm" deb atash taklif qilinganiga eʼtibor qaratdi.
Uning soʻzlariga qaraganda, Ukrainada oʻylab topilgan ushbu tushuncha Rossiya va rus xalqiga nisbatan ochiq nafrat uygʻotishga qaratilgan.
Vishinskiyning aytishiga koʻra, ruslarga nisbatan nafrat va yolgʻon bugun Ukraina chegaralaridan chiqib, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham tarqamoqda. Xususan, 2022 yil mart oyida Polsha bosh vaziri Moravetskiy “rusofobiya bugungi kunda allaqachon asosiy oqimga aylangani va biz (Polsha va Yevropa siyosatchilari) uni dalil sifatida qabul qilinmiz" deb taʼkidlagan edi.
Kirill Vishinskiy

Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi aʼzosi, “Rossiya segodnya” ijrochi direktori va jurnalist.

Vishinskiy Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida tugʻilgan. 2000 yillardan u Ukrainaning 11-kanal va ICTV telekanallarida ishlagan, "Koʻcha televideniyesi" teleloyihalarining muallifi, Dmitriy Kiselyov bilan birga "Podrobno" dasturi va axborot xizmatining bosh muharriri boʻlgan.

2006 yildan 2014 yilgacha u "Rossiya-1" telekanalida "Vesti" dasturida jurnalist boʻlgan. 2014 yilda Ukrainadagi davlat toʻntarishidan keyin u "RIA Novosti Ukraina" portalini boshqargan.

2018 yilning 15 may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati “RIA Novosti Ukraina” axborot agentligi xodimlariga qarshi operatsiya oʻtkazib, uning Kiyevdagi markaziy ofisida va bir nechta jurnalistlarning xonadonlarida tintuv oʻtkazadi va Vishinskiyni "davlatga xiyonat qilishda" gumon qilib hibsga oladi. Hech qanday dalil va aniq ayblovlarsiz Vishinskiy 2019 yil 28 avgustiga qadar Ukraina qamoqxonasida ushlab turiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0