“UzAirways” chiptalarga 21 foiz chegirma e’lon qildi

© SputnikPosadochniy talon na samolet. Illyustrativnoe foto
Posadochniy talon na samolet. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
“Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan 23-31 mart kunlari maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar chegirmali chipta xarid qilishlari mumkin.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 21% chegirma e’lon qiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Chegirma 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan (O‘zbekiston fuqarosi) maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga beriladi.
Ta’kidlanishicha, aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi.
To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.
Aviakompaniya chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina "Uzbekistan Airways Sales" yoki uning agentlariga murojaat qilish kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0