https://oz.sputniknews.uz/20230314/uch-oydan-beri-latviya-qamoqxonasida-jurnalist-kasem-nega-hibsga-olindi-32868645.html
Uch oydan beri Latviya qamoqxonasida: jurnalist Kasem nega hibsga olindi
Uch oydan beri Latviya qamoqxonasida: jurnalist Kasem nega hibsga olindi
Bugun Sputnik Litva nashri bosh muharriri Marat Kasemning tugʻilgan kuni. Afsuski, jurnalist uni Latviya qamoqxonasida kutib oladi. Uning hibsga olinishi va unga qoʻyilgan ayblovlar haqida nima maʼlum - qisqacha sharhimizda.
2023-03-14T08:02+0500
2023-03-14T08:02+0500
2023-03-14T09:30+0500
rossiya
marat kasem
jurnalist
latviya
litva
qamoq
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0b/31395858_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_ca9f59a441641d5e438985aff12629f7.jpg
TOSHKENT, 14 mart – Sputnik. Marat Kasem, Sputnik Litva bosh muharriri, Latviya fuqarosi, lekin Moskvada yashaydi va ishlaydi. Jurnalist 30 dekabr kuni ogʻir xasta buvisini koʻrish uchun Rigaga joʻnab ketgan edi. U yerda Kasem sanktsiyalarni buzganlik va josuslikda ayblanib, maxsus xizmatlar tomonidan hibsga olingan.Kasemning advokati uning garov evaziga ozod etilishini talab qilgan boʻlsa-da, biroq 5 yanvar kuni sud uni hibsda saqlashga qaror qilgan. Keyin esa u Riga markaziy qamoqxonasiga oʻtkazildi.Dastlab Marat Kasem Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarini buzish va josuslikda ayblangan edi.“Russia Today” media guruhi rahbari Dmitriy Kiselyov, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova va boshqa rasmiy va jamoat arboblari soʻzga chiqib, jurnalistni qoʻllab-quvvatladilar. Moskvadagi Latviya elchixonasi yaqinida Sputnik Litva bosh muharririni qoʻllab-quvvatlovchi miting boʻlib oʻtdi.Rossiyadagi Ombudsman Tatyana Moskalkova BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissariga jurnalist huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishni soʻrab murojaat qildi, ammo bu chora samara bermadi, Marat Kasem qamoqda qoldi.Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, Marat Kasem avvalroq Boltiqboʻyi mamlakatlari rasmiylari tomonidan jurnalistik faoliyati uchun taʼqib qilinayotganidan shikoyat qilgan.Dmitriy Kiselyov taʼkidlaganidek, Kasemning hibsga olinishi Latviya rasmiylarining Rossiya bilan aloqasi uchun qasosidir."Rossiyani allaqachon yomon otliq qilishdi, endi u bilan ishlayotgan hamma bilan hammani shunday qilishmoqda. Latviya rasmiylarining odatiy yondashuvi bor - agar qamoqqa olishga odam boʻlsa bas - JKda modda topiladi", - deya xulosa qildi Kiselyov.Keyinroq Marat Kasemning oʻzi doʻsti Degi Karayevga unga nisbatan 84-modda – iqtisodiy sanktsiyalarni buzish boʻyicha ayblov qoʻyilganini aytdi.Yanvar oyi oʻrtalarida Marat Kasemning buvisi vafot etdi, Marat kasalmand buvisi bilan uchrashish uchun Latviyaga kelgan edi. Keksa ayol nabirasi hibsga olingani haqidagi xabarni koʻtaga olmadi.Rossiya rasmiylarining barcha saʼy-harakatlariga qaramay, 18 yanvar kuni Latviya sudi jurnalistning shikoyatini rad etib, uni qamoqda qoldirdi.Norozilik namoyishlaridan soʻng advokat Marat Kasem bir kishilik kameradan oddiy kameraga oʻtkazildi. 14 fevralga kelib jurnalist oʻzini yaxshi his qilayotganini, unga dori-darmonlar berilganini, “qattiq rejimda bir hafta oʻtgach” tuzalib borayotganini maʼlum qildi.Latviya sudi 6 mart kuni Marat Kasemning apellyatsiyasini yana bir bor rad etdi. Sputnik Litva bosh muharriri Riga markaziy qamoqxonasida yana ikki oy oʻtirishi kerak boʻladi.
rossiya
latviya
litva
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0b/31395858_243:0:2972:2047_1920x0_80_0_0_f49f72c5c4697edceba29d9d19fc53ed.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sputnik litva bosh muharriri marat kasem tugʻilgan kun jurnalist latviya qamoqxonasi hibsga olinishi ayblovlar
sputnik litva bosh muharriri marat kasem tugʻilgan kun jurnalist latviya qamoqxonasi hibsga olinishi ayblovlar
Uch oydan beri Latviya qamoqxonasida: jurnalist Kasem nega hibsga olindi
08:02 14.03.2023 (yangilandi: 09:30 14.03.2023) Bugun Sputnik Litva nashri bosh muharriri Marat Kasemning tugʻilgan kuni. Afsuski, jurnalist uni Latviya qamoqxonasida kutib oladi. Uning hibsga olinishi va unga qoʻyilgan ayblovlar haqida nima maʼlum - qisqacha sharhimizda.
TOSHKENT, 14 mart – Sputnik. Marat Kasem, Sputnik Litva bosh muharriri, Latviya fuqarosi, lekin Moskvada yashaydi va ishlaydi. Jurnalist 30 dekabr kuni ogʻir xasta buvisini koʻrish uchun Rigaga joʻnab ketgan edi. U yerda Kasem sanktsiyalarni buzganlik va josuslikda ayblanib, maxsus xizmatlar tomonidan hibsga olingan.
Kasemning advokati uning garov evaziga ozod etilishini talab qilgan boʻlsa-da, biroq 5 yanvar kuni sud uni hibsda saqlashga qaror qilgan. Keyin esa u Riga markaziy qamoqxonasiga oʻtkazildi.
Dastlab Marat Kasem Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarini buzish va josuslikda ayblangan edi.
“Russia Today” media guruhi rahbari Dmitriy Kiselyov, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova va boshqa rasmiy va jamoat arboblari soʻzga chiqib, jurnalistni qoʻllab-quvvatladilar. Moskvadagi Latviya elchixonasi yaqinida Sputnik Litva bosh muharririni qoʻllab-quvvatlovchi miting boʻlib oʻtdi.
Rossiyadagi Ombudsman Tatyana Moskalkova BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissariga jurnalist huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishni soʻrab murojaat qildi, ammo bu chora samara bermadi, Marat Kasem qamoqda qoldi.
Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, Marat Kasem avvalroq Boltiqboʻyi mamlakatlari rasmiylari tomonidan jurnalistik faoliyati uchun taʼqib qilinayotganidan shikoyat qilgan.
“Ushbu jurnalist oʻzini tahdid ostida his qilayotganini bir necha bor aytgani uchun barcha xalqaro tuzilmalar orqali soʻz erkinligi boʻyicha vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb etishni talab qilamiz”, — dedi Rossiya TIV rasmiy vakili. - Gʻarb davlatlari jurnalistning hibsga olinishi uchun javobgarlikdan qochib qutula olmaydi".
Dmitriy Kiselyov taʼkidlaganidek, Kasemning hibsga olinishi Latviya rasmiylarining Rossiya bilan aloqasi uchun qasosidir.
"Rossiyani allaqachon yomon otliq qilishdi, endi u bilan ishlayotgan hamma bilan hammani shunday qilishmoqda. Latviya rasmiylarining odatiy yondashuvi bor - agar qamoqqa olishga odam boʻlsa bas - JKda modda topiladi", - deya xulosa qildi Kiselyov.
Keyinroq Marat Kasemning oʻzi doʻsti Degi Karayevga unga nisbatan 84-modda – iqtisodiy sanktsiyalarni buzish boʻyicha ayblov qoʻyilganini aytdi.
Yanvar oyi oʻrtalarida Marat Kasemning buvisi vafot etdi, Marat kasalmand buvisi bilan uchrashish uchun Latviyaga kelgan edi. Keksa ayol nabirasi hibsga olingani haqidagi xabarni koʻtaga olmadi.
Rossiya rasmiylarining barcha saʼy-harakatlariga qaramay, 18 yanvar kuni Latviya sudi jurnalistning shikoyatini rad etib, uni qamoqda qoldirdi.
Fevral oyi boshida jurnalistning ahvoli ogʻirligi sababli unga zudlik bilan tibbiy yordam kerakligi maʼlum boʻldi. Mahbusning advokati aytishiga koʻra, Latviya qamoqxonasida saqlash sharoitlari Qiynoqlarning oldini olish toʻgʻrisidagi konventsiyasida nazarda tutilgan qiynoq sharoitlariga mos keladi. U yerdagi antisanitariya va gʻayriinsoniy sharoitlar tufayli Marat Kasemning allergiyasi va surunkali kasalliklari kuchaygan.
Norozilik namoyishlaridan soʻng advokat Marat Kasem bir kishilik kameradan oddiy kameraga oʻtkazildi. 14 fevralga kelib jurnalist oʻzini yaxshi his qilayotganini, unga dori-darmonlar berilganini, “qattiq rejimda bir hafta oʻtgach” tuzalib borayotganini maʼlum qildi.
Latviya sudi 6 mart kuni Marat Kasemning apellyatsiyasini yana bir bor rad etdi. Sputnik Litva bosh muharriri Riga markaziy qamoqxonasida yana ikki oy oʻtirishi kerak boʻladi.