Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi

© MID Respubliki UzbekistanV MID provedena vstrecha s novim Poslom Pakistana
V MID provedena vstrecha s novim Poslom Pakistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov yangi elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ahmed Faruq Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
"Pokistonning yangi tayinlangan Elchisi Ahmed Faruq Janobi Oliylari bilan uchrashdik va ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik. Yangi lavozimda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz", — deb yozadi Saidov o‘zining Telegram’dagi kanalida.
Uning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib, O‘zbekiston va Pokistonni yanada yaqinlashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi muddatda Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Sayyid G‘iloniy faoliyat olib borgan edi.
Baxtiyor Saidov 3-fevral kuni o‘z missiyasini yakunlayotgan Sayyid G‘iloniy bilan uchrashib, unga O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgandi.
Yangiliklar lentasi
0