O‘zbekiston va Tojikiston OTMlari o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi
O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memorandumi va yo‘l xaritalari imzolandi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi yalpi majlisida 30 ga yaqin hujjat imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, forumning yalpi majlisida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Yalpi majlis yakunida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memorandumi va yo‘l xaritalari imzolandi.
“Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo-texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda O‘zbekistonning 5 ta oliy o‘quv yurtida ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0