O‘zbek-tojik chegarasida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi

© Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbek-tojik chegarsida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi
O‘zbek-tojik chegarsida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Majmuada 200 ta savdo do‘koni, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar xizmat ko‘rsatishi belgilangan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbek-tojik chegarasida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona qiloyatining Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o‘tkazish punkti yonidagi maydonda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog‘liq Savdo-logistika markaziga tamal toshi qo‘yildi.
© Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbek-tojik chegarsida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi
O‘zbek-tojik chegarsida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
O‘zbek-tojik chegarsida “Andarxon” savdo-logistika markazi ochiladi
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda hamda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ishtirok etishdi.

"Savdo-logistika markazi 5 gektar maydonda joylashishi ko‘zda tutilgan. Loyiha qurilishiga 7,8 million dollar miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Majmuada 200 ta savdo do‘koni, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar xizmat ko‘rsatishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0