Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida UQKning 75 nafar harbiy xizmatchisi, BMP, uchta transport vositasi, to‘rtta "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va bitta MT-12 tankga qarshi to‘pini yo‘q qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida DXRning Yampolovka va LXRning Nevskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 95 nafar harbiy xizmatchism, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikap avtomobili, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, D-30 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi bo‘linmalari DXRning Zaliznyanskoe, Krasnoe va Tonenkoe aholi punktlari hududlarida UQKning 150 nafargacha harbiy xizmatchilari, uchta tankm, ikkita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta pikapi, ikkita avtomashinasi, D-20 gaubitsasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, MT-12 tankka qarshi to‘pi va AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" guruhi qo‘shinlari DXRning Prechistovka va Zaporojye viloyatidagi Uspenovka aholi punktlari hududlarida UQKning 60 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi, uchta yengil avtomobili va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
DXRning Vodanoe qishlog‘ida Ukraina Qurolli kuchlarining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 40 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va bitta "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 142 ta hududda joylashgan 78 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Xarkov viloyatining Kazachya Lopan aholi punkti hududida "Olxa" ko‘p raketali tizimining jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
DXRning Dalnee posolkasi hududida Ukrainaning "Uragan" ko‘p raketali tizimi jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
DXRNing Dobropole va Klinovoe aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 va AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radiolokatsion stansiyalari yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Krasnoarmeysk qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo mudofaa tizimlari HIMARS, "Smerch" va "Uragan" ko‘p raketali tizimlarining 23 ta raketasini tutib oldi.
Xerson viloyatining Novaya Zburevka, Golaya Pristan, LXRning Kremennaya, Varvarovka, Jitlovka, DXRning Valerianovka, Kirillovka, Volnovaxa, Volodino aholi punktlari hamda Mandrikino temir yo‘l stansiyasi yaqinida Ukrainaning 17 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning jami 401 ta samolyoti, 220 ta vertoloti, 3418 ta uchuvchisiz uchish apparati, 412 ta zenit-raketa majmuasi, 8293 ta tanklari va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1057 ta ko‘p raketa tizimlari, 4350 ta dala artilleri qurollari va minomotlari, 8924 dona boshqa maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0