Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev harbiy samolyotlarni Zaporojye yo‘nalishiga o‘tkazishni boshladi

© Foto : U.S. Air Force / Christopher SparksIstrebitel Su-27 VVS Ukraini. Arxivnoe foto
Istrebitel Su-27 VVS Ukraini. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi mart-aprel oylarida boshlanishi mumkin. Ular Azov dengizigacha bo‘lgan yerlarni egallab, Rossiyani Qrim yarim oroli bilan bog‘lab turuvchi quruqlik yo‘lini kesib tashlamoqchi.
TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Ukraina hukumati harbiy aviatsiyani Zaporoje yo‘nalishiga o‘tkazishni boshladi, dedi “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga.
Rogovning so‘zlariga ko‘ra, gap sobiq Varshava shartnomasi mamlakatlari tomonidan Ukrainaga norasmiy ravishda berilgan, shuningdek, amerikaliklar tomonidan Afg‘onistondan olib chiqilgan sovet qiruvchi samolyotlari va vertolotlari haqida ketmoqda.
Fevral oyi o‘rtalaridan boshlab Zaporojye viloyati hukumati mustahkamlangan hududlar qurilishi va o‘z chegaralari yaqinida Ukraina qo‘shinlari to‘planganini qayd etmoqda. Guruhning soni allaqachon 40 ming kishiga yetgan. Rogovning aytishiga ko‘ra, Kiyev Azov dengizigacha bulgan hududni egallab, Qrimgacha quruqlikdagi yo‘lakni kesib tashlamoqchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi barglar paydo bo‘lganda, ya’ni mart-aprel oylarida boshlanishi mumkin, biroq mintaqa hujumni qaytarishga tayyor.
2022 yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan referendum natijasida Zaporojye viloyati Rossiya Federatsiyasining subyektiga aylandi. Kiyev ushbu referendum natijalarini tan olmaydi va hududni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Zaporojye viloyatining 70% dan ortig‘i hozir Rossiya nazorati ostida, Ukraina qo‘shinlari viloyat markazi - Zaporojye shahrini ushlab turibdi.
Yangiliklar lentasi
0