Rossiya

Kiyev 2014 yildan soʻng Rossiyaga xayrixoh boʻlganlarni jismonan yoʻq qilishga kirishdi — Putin

© POOL / Mediabankka oʻtishRabochaya poyezdka prezidenta V. Putina v Buryatiyu
Rabochaya poyezdka prezidenta V. Putina v Buryatiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya prezidentining aytishiga koʻra, bulaning barchasi Rossiyaga qarshi kuch yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Kiyev 2014 yildan keyin Moskva bilan munosabatlarni normal rivojlantirish tarafdori boʻlganlarni jismoniy yoʻq qilishni boshlandi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ulan-Ude shahrida. RIA Novosti xabariga asosan.

"2014 yildan keyin Rossiya bilan normal munosabatlarni rivojlantirish tarafdori boʻlganlarning barchasini jismoniy yoʻq qilish boshlandi – jamoat arboblari, jurnalistlar koʻchada oʻldirildi. Odessadagi Kasaba uyushmalari uyida sodir boʻlgan voqeani eslaylik, u yerda odamlar tiriklayin yoqib yuborilgan edi", - dedi Putin.

Rossiya prezidentining aytishiga koʻra, Ukrainada millatchilik uzoq vaqtdan beri Gʻarb tomonidan tarbiyalab kelingan.
"Ukrainaga alohida rol berildi, chunki bu tarixan sodir boʻlgan, endi men nima uchun bu sodir boʻlganini batafsil bayon qilmayman, lekin 19-asrdan boshlab millatchilik Gʻarb tomondan, avval Polsha, keyin esa Avstriya-Vengriya tomonidan. Ular Rossiyani kuchsizlantirishga urinishgan holda Ukrainani undan ajratib olishga urindilar. Millatchilik urugʻini sepdilar va ular chuqur ildiz otdi”, - dedi Putin Ulan-Ude aviatsiya zavodi ishchilari bilan uchrashuvda.
Uning taʼkidlashicha, Ikkinchi jahon urushidan keyin Adolf Gitler va natsistlar bilan hamkorlik qilgan Ukrainalik sotqinlar Yevropa, AQSH va Kanadaga olib ketilgan.
Prezidentning aytishiga koʻra, bularning barchasi Rossiyaga qarshi kuch yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
“Va, albatta, bu Rossiyaga qarshi baza edi va ular asta-sekin Ukrainadan oziqlana boshladilar, rivojlana boshladilar, antiRossiyani yarata boshladilar”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.
Rossiya prezidentining aytishiga koʻra, 2014 yilda Ukrainada noqonuniy davlat toʻntarishi sodir boʻlganidan soʻng Rossiya uzoq vaqt yangi hukumat bilan munosabatlar oʻrnatishga harakat qilgan, lekin buning iloji boʻlmagan.
Yangiliklar lentasi
0