https://oz.sputniknews.uz/20230314/don-bitimi-32884944.html
Don bitimi 60 kunga uzaytirildi – Rossiya TIV
Don bitimi 60 kunga uzaytirildi – Rossiya TIV
Noyabrda 120 kunga uzaytirilgan kelishuv yana 60 kunga uzaytiriladi.
2023-03-14T15:22+0500
2023-03-14T15:22+0500
2023-03-14T15:22+0500
dunyoda
rossiya
bmt
ukraina
turkiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24821592_0:114:3236:1934_1920x0_80_0_0_69f1f353c4ee9e01bf36433401cfe495.jpg
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Don bitimi 60 kunga uzaytirildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Grushko maʼlum qildi.Grushkoning taʼkidlashicha, tomonlar Rossiyaga nisbatan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro jahon bozorlariga yetkazib berish uchun bevosita va bilvosita sanktsiyalarni bekor qilish boʻyicha berilgan barcha vaʼdalar bajarilishi sharti bilan hujjatning paketli xususiyatini yana bir bor tasdiqladi.Diplomatning soʻzlariga koʻra, Moskva BMTning bu yoʻnalishdagi faoliyati surʼatidan qoniqmayapti.Unga koʻra, kelishuv boʻyicha rasmiy muzokaralar hali ham davom etmoqda, Rossiya uchun asosiysi esa “oʻzlari tomonidan olingan vaʼdalarning toʻliq bajarilishi”.Uning taʼkidlashicha, Moskva qattiq mehnat qiladi va hamkorlarini oʻz majburiyatlarini bajarishga majbur qiladi.2022 yil 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya oʻgʻitlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish boʻyicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bogʻliq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.Shartnoma muddati oʻtgan yilning 18 noyabrida tugagan, biroq uning shartlariga koʻra, hech bir tomon eʼtirozi boʻlmaganda u avtomatik ravishda 120 kunga uzaytirilishi kerak boʻlgan.
rossiya
ukraina
turkiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1a/24821592_254:0:2983:2047_1920x0_80_0_0_5b23fa95bbed5dc675fd5dadcc560780.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya bmt ukraina turkiya don bitimi
rossiya bmt ukraina turkiya don bitimi
Don bitimi 60 kunga uzaytirildi – Rossiya TIV
Noyabrda 120 kunga uzaytirilgan kelishuv yana 60 kunga uzaytiriladi.
TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Don bitimi 60 kunga uzaytirildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Grushko
maʼlum qildi. “Kecha vazir oʻrinbosarimiz Sergey Vershinin bayonot bilan chiqdi, unga koʻra shartnoma haqiqatan ham uzaytiriladi”, — dedi u.
Grushkoning taʼkidlashicha, tomonlar Rossiyaga nisbatan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro jahon bozorlariga yetkazib berish uchun bevosita va bilvosita sanktsiyalarni bekor qilish boʻyicha berilgan barcha vaʼdalar bajarilishi sharti bilan hujjatning paketli xususiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Moskva BMTning bu yoʻnalishdagi faoliyati surʼatidan qoniqmayapti.
Unga koʻra, kelishuv boʻyicha rasmiy muzokaralar hali ham davom etmoqda, Rossiya uchun asosiysi esa “oʻzlari tomonidan olingan vaʼdalarning toʻliq bajarilishi”.
Uning taʼkidlashicha, Moskva qattiq mehnat qiladi va hamkorlarini oʻz majburiyatlarini bajarishga majbur qiladi.
2022 yil 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya oʻgʻitlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish boʻyicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bogʻliq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.
Shartnoma muddati oʻtgan yilning 18 noyabrida tugagan, biroq uning shartlariga koʻra, hech bir tomon eʼtirozi boʻlmaganda u avtomatik ravishda 120 kunga uzaytirilishi
kerak boʻlgan.