https://oz.sputniknews.uz/20230314/davlat-organlarining-korruptsiyaga-qarshi-kurashish-samaradorligi-reytingi-elon-qilindi-32886047.html
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Energetika vazirligi, “Uzbekistan Airports” korrupsiyaga qarshi kurashish... 14.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-14T16:14+0500
2023-03-14T16:14+0500
2023-03-14T16:14+0500
jamiyat
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
reyting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523583_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_24f963b1ccb2de4e075592fb893df036.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratilgan:Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan.Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “yaxshi” deya baholangan tashkilotlar ro‘yxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi boshchilik qilgan (93 ball). Undan keyingi o‘rinlari Ipoteka bank (93 ball), O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (91 ball), “O‘zkimosanoat” (89 ball) egallagan. Adliya vazirligi bo‘lsa 81 ball bilan ro‘yxatning 12-pog‘onasini band etgan.“Qoniqarli” tashkilotlar ro‘yxatining eng yuqorisidan esa “O‘zbekneftgaz” va O‘rmon xo‘jaligi agentligi (80 balldan) o‘rin olgan. Buxoro viloyati hokimligi va Transport vazirligi mos ravishda 77 hamda 76 ball bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xo‘jaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyati hokimligi (18 ball), Energetika vazirligi (21 ball), “Uzbekistan Airports” (23 ball) bilan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “qoniqarsizlar” ro‘yxatining oxirini egallagan.Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 29 ta indikator asosida tegishli ma’lumotlar kiritiladi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/03/22523583_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_d9b7aac07f42bc2e454d04704a739081.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, reyting
jamiyat, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, reyting
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi
Surxondaryo viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Energetika vazirligi, “Uzbekistan Airports” korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “qoniqarsizlar” ro‘yxatining oxirini egallagan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
xabar berdi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratilgan:
12 ta tashkilot “yaxshi” – (81-100 ball);
30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball);
20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past).
Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “yaxshi” deya baholangan tashkilotlar ro‘yxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi boshchilik qilgan (93 ball). Undan keyingi o‘rinlari Ipoteka bank (93 ball), O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (91 ball), “O‘zkimosanoat” (89 ball) egallagan. Adliya vazirligi bo‘lsa 81 ball bilan ro‘yxatning 12-pog‘onasini band etgan.
“Qoniqarli” tashkilotlar ro‘yxatining eng yuqorisidan esa “O‘zbekneftgaz” va O‘rmon xo‘jaligi agentligi (80 balldan) o‘rin olgan. Buxoro viloyati hokimligi va Transport vazirligi mos ravishda 77 hamda 76 ball bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xo‘jaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyati hokimligi (18 ball), Energetika vazirligi (21 ball), “Uzbekistan Airports” (23 ball) bilan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “qoniqarsizlar” ro‘yxatining oxirini egallagan.
Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 29 ta indikator asosida tegishli ma’lumotlar kiritiladi