Senatorlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqishadi

© Oliy Majlis Senati Senatining yalpi majlisi
Senatining yalpi majlisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama qilinadi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi muhokama qilinadi, deya xabar berdi Senat axborot xizmati.
Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qonunchilik palatasi qarorining (ilovalari bilan) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga mone’lik qiluvchi holatlar aniqlanmadi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0