https://oz.sputniknews.uz/20230313/ulugbek-qosimov-32845383.html
Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi
Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabot va Denov tumanlari hokimi
2023-03-13T14:19+0500
2023-03-13T14:19+0500
2023-03-13T16:50+0500
siyosat
surxondaryo
hokim o‘zgarishi
ulug‘bek qosimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32849050_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fc788686b20a982bc940b1d065686c8b.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasida Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi. Qosimov 2022-yil dekabr oxiidan buyon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi edi.Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi. So‘ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, viloyat prokurori sifatida ishlagan. 2019-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurori bo‘lgan. 2021-2022 yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lib mehnat qilgan. 2022-yil dekabr oxirida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32849050_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_29c892dbc2bbea87681aac35f64596d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulug‘bek qosimov surxondaryo hokimi tayinlandi ma’lumot kim xakida haqida
ulug‘bek qosimov surxondaryo hokimi tayinlandi ma’lumot kim xakida haqida
Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi
14:19 13.03.2023 (yangilandi: 16:50 13.03.2023) Qosimov 2022-yil dekabr oxiridan buyon Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Ulug‘bek Qosimov rasman Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasida Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi. Qosimov 2022-yil dekabr oxiidan buyon viloyat hokimi
vazifasini bajaruvchi edi.“Viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini bu lavozimga taklif qilaman. Ulug‘bek Qosimovga berilgan qisqa vaqt va imkoniyat Surxondaryodagi vaziyat va aholi tashvishlarini chuqur o‘rganish uchun yetarli, deb hisoblayman”, — dedi davlat rahbari.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.
So‘ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib
tasdiqlandi.Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabot va Denov tumanlari hokimi,
viloyat prokurori sifatida ishlagan. 2019-2021 yillarda Farg‘ona viloyati
prokurori bo‘lgan. 2021-2022 yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lib mehnat qilgan. 2022-yil dekabr oxirida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi
etib tayinlangandi.