Samarqand – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

© Unsplash / Abdul RaazSkorostnoy poyezd "Afrosiab"
Skorostnoy poyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
17 martdan 23-martgacha Samarqanddan Toshkentga “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17-martdan 23-martgacha Samarqanddan Toshkentga “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli "Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi, Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi, Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0