Rossiya muftiysi jinsini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga maslahat berdi

© Foto iz lichnogo arxivaGlava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov
Glava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
Muftiy Krganov jinsini o‘zgartirish haqida o‘ylayotganlarga avvalo ruhoniylarga murojaat qilishni maslahat berdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘z jinsini o‘zgartirish haqida o‘ylayotganlar avvalo ruhoniylar yoki musulmonlar imomi bilan maslahatlashishi kerak, natijada, ehtimol, ularning fikrini o‘zgartirar, dedi Rossiya Musulmonlari diniy assambleyasi raisi, muftiy Albir Krganov RIA Novosti nashriga.
Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin qator ommaviy axborot vositalarida Moskvadagi “Pravoslav universitet”da tahsil olayotgan talabalardan biri o‘z jinsini va ismi sharifini o‘zgartirgani sababli univesitet unga diplom berishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng talaba ushbu holat yuzasidan Rossiya Ta’lim nazorati xizmatiga (Rosobrnadzor) shikoyat qilib, sudga ham murojaat qilgan. Keyinchalik Moskva Patriarxiyasining cherkov, jamiyat va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi aloqalar bo‘yicha sinodal bo‘limi raisining o‘rinbosari Vaxtang Kipshidze Rossiya qonunchiligida jinsini o‘zgartirgan shaxslar uchun yangi hujjatlar olish imkonini cheklaydigan tushuntirishlar kiritishga chaqirgan edi

“Agar biz islom haqida gapiradigan bo‘lsak, jinsini o‘zgartirish haqida o‘ylayotgan odam, dastavval imomga borib, u bilan maslahatlashgani ma’qul, chunki islom dinida jinsini o‘zgartirish taqiqlangan. Ehtimol, bu uni o‘z vaqtida to‘xtatib qolar. Shayton bunday ishlarni qulog‘iga shipshitayotganda, avvalambor, iymondan kuch topish uchun kerak. Buning uchun esa - ilm zarur. Ilmni ruhoniylardan, imomlardan olish mumkin. Lekin birinchi navbatda bunga insonning ota-onalari va yaqinlari e’tibor berishlari kerak", - dedi Krganov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, musulmon dinida, inson o‘zining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi gunoh hisoblanadi – “Xudo tomonidan berilgan tanani, agar bu o‘zgarishlar hayot va salomatlikni saqlab qolish uchun kerak bo‘lmasa, o‘zgartirish mumkin emas." Hadislarda aytilishiga ko‘ra, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshamoqchi bo‘lgan erkaklarni va erkaklarga o‘xshamoqchi bo‘lgan ayollarni la’natlaganlar! (Buxoriy, Abu Dovud hadislari). Erkak va ayol Alloh taolo tomonidan berilgan tabiatiga ko‘ra yashashi kerak”, - deya tushuntirdi muftiy.
Lekin tabiatda bu qoidadan istisnolar ham uchrab turadi - germafroditlar, deya qo‘shimcha qildi Krganov.
"Shunday bo‘ladiki, bola ham o‘g‘il, ham qiz bolaning jinsiy belgilari bilan tug‘iladi - buning uchun odamga hech qanday gunoh yo‘q. Bunday hollarda insoni jinsi fiziologik ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan tomon foydasiga hal qilinadi, malakali shifokorlar fikri kerak”, - dedi u.
Avvalroq “Russia Today” xalqaro multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Krganov dunyoning musulmon davlatlari Rossiyadagi dindoshlariga murojaat qilib, Rossiyada ular uchun oilaviy dam olish imkoniyatini yaratib berishni, musulmon turizmi uchun imkoniyat yaratishni so‘ragani haqida aytib bergan edi. Muftiy so‘zlariga ko‘ra, turizm ommaviy bo‘lgan mamlakatlarda vaziyat musulmon qadriyatlariga uchun qabul qilib bo‘lmas darajaga yetib kelgan.
Mart oyning boshida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi 11 ta davlat fuqarolari uchun Rossiyaga kirish va viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida bitim tayyorlayotganini e’lon qilgan edi. Ushbu davlatlar orasida Bahrayn, O‘mon, Saudiya Arabistoni, Bagama orollari, Barbados, Gaiti, Zambiya, Kuvayt, Malayziya, Meksika, Trinidad va Tobago bor. Shuningdek, Rossiya Hindiston, Suriya va Indoneziya bilan ham viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha shartnomalar tayyorlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0