Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 13-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota RSZO "Tornado-G" v yujnom sektore SVO
Rabota RSZO Tornado-G v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhining Xarkov viloyatining Masutovka, Kraxmalnoe, LXRning Stelmaxovka va Rozovka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarba berib, 60 dan ortiq harbiy xizmatchilar va ikkita mashinani yo‘q qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Nevskoe va Chervonaya Dibrova, DXRning Terni va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 110 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita pikap, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qilishdi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari, havo hujumlari va artilleriya zarbalari natijasida 190 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta tank, ikkita zirhli jangovar mashina, 14 boshqa texnika, jumladan "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Poltavka aholi punktlari, Zaporojye viloyatining Gulyaipole va Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 60 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita pikapi, D-20 va D-30 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida berilgan zarbalar natijasida dushmanning 20dan ortiq harbiy xizmatchi, beshta texnika, ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi, shuningdek, "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya o‘tgan sutka davomida UQKning 148 ta hududda joylashgan 76 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Pervomayskoe yaqinida Ukrainaning OSA-AKM zenit-raketa majmuasi urib tushirildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada AQShda ishlab chiqarilgan 12 ta HIMARS va bitta HARM antiradar raketasini urib tushirdi.
Bundan tashqari, LXRning Novovodanoe, Svatovo, Novoaleksandrovka hamda DXRning Novokrasnyanka, Vladimirovka, Yegorovka, Zaporojye viloyatining Vasilevka, Xerson viloyatining Novaya Zbruyevka va Konstantinovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 16 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 400 ta samolyot, 220 ta vertolot, 3401 ta uchuvchisiz uchish apparati, 412 ta zenit-raketa majmuasi, 8280 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1055 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4333 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8904 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0