Kolumnistlar

Katta sport ochkoʻzlik va rusofobiya orasida arosatda qoldi

© Sputnik / Pavel BednyakovDevushka v glavnom press-tsentre zimnix Olimpiyskix igr 2022 v Pekine.
Devushka v glavnom press-tsentre zimnix Olimpiyskix igr 2022 v Pekine. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Buyuk Britaniya madaniyat vaziri Rossiya va Belorus sportchilarining Parij Olimpiadasida ishtirokini cheklash uchun Olimpiadaning asosiy homiylariga maktub yoʻlladi.
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Buyuk Britaniya madaniyat vazirining (uning ismi Lyusi Freyzer) Parij Olimpiadasining bosh homiylariga yoʻllagan maktubidan maʼlum boʻlishicha, vazir xonim “Rossiya va Belarus uchun sport va siyosat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq” ekanligini biladi va u “Rossiya va Belarus rejimlariga oʻzlarini tashviqot qilishi uchun sportdan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik" uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.
Shu yerda odamning kulgisi keladi, chunki roppa-rosa 43 yil oldin Britaniya hukumatining oʻzi “sport va siyosatni chambarchas bogʻlab qoʻyib”, 1980 yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida Qirolicha zoti Oliyalarining xalqiga ishtirok etishini taqiqlagan edi. London va Vashington (duetda, birga ish yuritish yaxshi boʻlayotgan boʻlsa, tarkibni oʻzgartirishmaydi) SSSR oʻzining janubiy chegaralarini himoya qilishga qaror qilganidan va Afgʻonistonga qoʻshin yuborganidan eʼtiroz bildirgan. Bu norozilik haqida butun dunyoga jar solingan edi, garchi bundan oldin inglizlarning oʻzi Afgʻonistonni oʻnlab yillar kezib yurgan, keyin esa quvib chiqarilgan edi. U yerda amerikaliklar ham qochib ketishdi, lekin keyinrok, bizning koʻz oʻngimizda.

Murakkab vaziyatda qolgan XOQ, qanday qilib hamma barchaga maʼqul yechim topishni oʻylamoqda. Natijada “Neytral holat” qoʻllanildi. Ammo aytishimiz mumkinki, “mustaqil sportchilar”ning Olimpiya oʻyinlarida bugungi holati, umuman olganda, achinarli. Ular (gʻalaba qozongan taqdirda) milliy kiyim, bayroq va madhiyadan foydalanish huquqidan mahrum etilgan. Qoʻpol qilib aytganda, ular yetimlar, bevatanlar.

Koʻpchilik “lyusi freyzerlar”ga yoqadimi yoki yoʻqmi – Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi stadionga chiqqanda nafaqat barkamol va kuchli oʻzini, balkim oʻz millati, xalqi, madaniyati, tarixi va anʼanalarini, yaʼni oʻz vatanining timsollarini ham ifodalaydi.
Gʻarb tushunchasidagi muttahamlik siyosatini emas.
Freyzer, toʻgʻridan-toʻgʻri “katta xoʻjayinlar”ga murojaat qilib nishonga urdim, deb oʻylamoqda. “Katta xoʻjayinlar” - bu XOQ rahbariyati emas. Bular Olimpiada oʻyinlari uchun pul toʻlayotganlar. Coca-Cola, Intel, Samsung, Visa kabi kompaniyalar. Ularga kompaniya logotiplari goʻzal va kuchli sportchilar fonida miltillashi juda yoqadi. “Katta xoʻjayinlar” esa, Freyzer xonim fikricha, Rossiya va Belarus sportchilarini Parij Olimpiadasida qatnashishini butunlay taʼqiqlash uchun XOQqa bosim oʻtkazishi mumkin va lozim.

Ayni paytda Frantsiya poytaxtida asosiy sport musobaqasining ochilishi va oʻtkazilishiga tayyorgarlik qizgʻin davom etmoqda. Boshida axlatchilar norozilik bildirib chikishdi, bazmni esa kalamushlar toʻdasi davom etkazmoqda. Yoqib yuborilgan Notr-Dam de Pari haqida “Olimpiadagacha aniq taʼmirdan chiqadi” deb qasam ichgan Makron, yana bir bor yolgʻon gapirgan koʻrinadi: mamlakatning asosiy katolik ziyoratgohi, jahon ahamiyatiga ega boʻlgan yodgorlik va ho kazo – faqat keyingi yil oxirigacha taʼmirdan chiqadi.

Tomoshabinlar shahar boʻylab qanday harakatlanishi ham nomaʼlum, chunki metro – muammo, yer ustidagi transportda bundan ham katta muammolar bor, bosh stadion taʼmirlanish uchun yopilgan va u yerda nima sodir boʻlayotgani haqida xabar berilmayapti. Stade de France ni talabga javob beradigan holatga keltirish uchun vaqt yetadimi yoki yoʻqmi nomaʼlum. Tushlik tanaffuslari, uzoq muddatli taʼtillar, chalkash logistika, qimmat energiya va qurilishda ishlashga tayyor insonlar soni kamligi sababli paydo boʻlayotgan shubhalar tabiiydir.
Homiy jamoaning “katta xoʻjayinlari” frantsuz ishchilarini qoʻllab-qoʻllab-quvvatlash uchun yeng shimarib ishga kirishishlari dargumon.
Zabardast ishtirokchilar qatnashadigan, yaʼni jonli efir paytida eng katta auditoriyani toʻplaydigan sport turlari boʻyicha kuchli boʻlgan rus va belorus olimpiyachilarni koʻp yillardan buyon bir nechta stulda oʻtirib kelayotgan XOQ albatta chaqirishni xohlaydi. Lekin inglizlar va ularning kirdikorlari bilan janjallashishni xohlamaydi. Shuning uchun, katta ehtimol bilan, XOQ homiylar jamoasidagi “katta xoʻjayinlar” qabul qiladigan qarorga boʻysunadi.
Ammo bu yerda endi biz uchun savol paydo boʻladi. Katta sportning qadriyati va asosiy gʻoyalari boʻlgan - fidoyilik, gʻalaba qozonish istagi va ushbu yoʻlda toʻkilgan terlar va qonlar endi axlat qutisiga, balkim aynan oʻsha frantsuz axlat qutisiga allaqachon uloqtirilganni va Parij kalamushlariga yem boʻlganini koʻrib turibmiz.
Gʻalaba qozonilgan taqdirda ham na Rossiyaning bayrogʻi koʻtariladigan, na madhiyasi yangraydigan, nima qilsak ham biz doim "qandaydir shubhali ruslar” boʻlib koʻrinadigan joyga borish arziydimi? Balki oʻylab koʻrarmiz? Balki bundan koʻra uyda qolgan yaxshiroqdir? Tashkilotchilar va ishtirokchilarni, ularning sevimli sport turiga aylangan – kalamush poygalarida qoldirgan holda.
Yangiliklar lentasi
0