https://oz.sputniknews.uz/20230313/belarus-32832497.html
Belarus o‘z elektrobus va tramvaylarini O‘zbekistonga yetkazib bermoqchi
Belarus o‘z elektrobus va tramvaylarini O‘zbekistonga yetkazib bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Rahmonov uchrashuvda ikki tomon ham o‘zaro aloqalar rivojlanishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
2023-03-13T11:07+0500
2023-03-13T11:07+0500
2023-03-13T11:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
belarus
hamkorlik
baxtiyor rahmonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32832137_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_440eb373e93a29f50f18c9177a25fa40.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Belarus o‘z elektrobus va tramvaylarini O‘zbekistonga yetkazib bermoqchi. Bu haqda Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Shuningdek, Leonid Marinich ham Belarus tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarni qadrlashi, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.U bir necha yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish taklifini bildirdi:Hokim Belarus elchisining takliflari shahar hokimligining tegishli mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilishini ta’kidladi.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32832137_0:0:943:707_1920x0_80_0_0_2bdfb6793b0abcf3058cadf98a61cd20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus
Belarus o‘z elektrobus va tramvaylarini O‘zbekistonga yetkazib bermoqchi
Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich Toshkent hokimi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Belarus o‘z elektrobus va tramvaylarini O‘zbekistonga yetkazib bermoqchi. Bu haqda Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuvda
ma’lum qildi. Baxtiyor Rahmonov uchrashuvda ikki tomon ham o‘zaro aloqalar rivojlanishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Toshkent shahar hokimligining birgalikdagi loyihalarga va keng ko‘lamli hamkorlikka ochiqligi va tayyorligi bildirildi.
Shuningdek, Leonid Marinich ham Belarus tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarni qadrlashi, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.
U bir necha yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish taklifini bildirdi:
Belarusda elektrobuslar, tramvaylarning hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi avlodi ishlab chiqarilayotganligini ta’kidlab, ularni yetkazib berish;
Belarusda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi samarali qo‘llanilayotgani, davlat va jamiyat ishida foydali bo‘layotganligiga urg‘u berib, shu yo‘nalishdagi dasturiy mahsulotlardan “Raqamli Toshkent” loyihalarida foydalanish;
Toshkentda Belarus yengil sanoatining savdo uyini ochish.
Hokim Belarus elchisining takliflari shahar hokimligining tegishli mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilishini ta’kidladi.