AQSh jahon urushi boshlanishi haqida qanday signallar berishi aytildi

© AFP / SAUL LOEBEmblema Pentagona
Emblema Pentagona  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
"Global Times": AQSh mudofaa budjetini oshirish jahon urushi yaqinlashayotganidan darak beradi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Global urush xavfini baholash uchun AQShning mudofaa xarajatlariga e’tibor qaratish kifoya, deb yozadi "Global Times". Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Dunyoda urush xavfi qanchalik katta? Javob juda oddiy. Deyarli to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun AQSh hozirda qurol-yaroqqa qancha mablag‘ sarflayotganiga e’tibor qaratish kifoya. AQShning yuqori mudofaa xarajatlari global urush xavfining yuqoriligidan dalolat beradi", - deb yozadi "Global Times".

Muallif, shuningdek, Xitoy mudofaa siyosatiga amal qilayotgani, Vashington esa agressiv harakat qilayotganiga e’tibor qaratgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2023-yilda Bayden tomonidan tasdiqlangan AQSh mudofaa budjeti Pekin mudofaa budjetidan to‘rt baravar ko‘pdir.
Bundan tashqari, AQSh budjetining katta qismi yangi hujum qurollari va harbiy texnologiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. AQSh harbiy-sanoat majmuasi Amerika siyosatida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi, shuning uchun ham hukumat budjetni o‘z fuqarolarining ehtiyojlari uchun emas, balki mudofaa sektoriga sarflashni afzal ko‘radi. Qolaversa, harbiy-sanoat kompleksi yirik biznes tomonidan "Amerika imperiyasining pul sigirlari" sifatida ishlatiladi.
Xulosa qilib aytganda, jurnalist Uoll-strit va Oq uydagi "katta xo‘jayinlar" global mojarolarni pul topish yo‘li deb bilishini va bu mojarolarni kuchaytirish butun dunyoga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
Nashrning xabar berishicha, AQSh 2023-yilda mudofaa uchun 842 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp dunyo global mojaroga har qachongidan ham yaqinroqligi va bunga AQShning amaldagi yetakchisi Jo Bayden boshchiligidagi “korrupsion Vashington isteblishmenti” aybdor ekanini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0