Agar yana bir-ikki yil qattiq ishlasak, Surxondaryoda juda katta o‘sish bo‘ladi – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
V Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda ijtimoiy muammolarni hal qilishga joriy yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 465 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
V Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Davlat rahbari so‘zining avvalida viloyat ahliga chuqur hurmatini bildirib, voha ahli turli soha va tarmoqlarda ulkan natijalarga erishayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilishda hudud rivojining bugungi holatiga to‘xtalib o‘tildi. Oxirgi besh yilda viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushgan. Yangi qurilgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” mikro gidro elektr stansiyalarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, 257 ta maktab qurilgan va rekonstruksiya qilingan, bog‘chalar qamrovi 18 foizdan 62 foizga yetgan. 302 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 1 ming kilometr xalqaro va 3 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
V Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
“Agar yana bir-ikki yil qattiq ishlab, xalqimizga astoydil xizmat qilsak, Surxondaryoda juda katta rivojlanish, o‘sish bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda mahallalarga oilaviy tadbirkorlikni olib kirish va kasanachilik orqali 60 mingdan ziyod aholini, yangi biznes subyektlari tashkil qilish orqali 4 ming aholini, ishsizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitib, 20 ming aholi bandligini ta’minlash mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilishda energetika masalalariga ham e’tibor qaratildi. Sariosiyo tumanidagi To‘palang gidro elektr stansiyasi hamda yangi 3 ta kichik va mikro GESda shu yilning o‘zida 350 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Sherobod tumanida 457 Megavatt quvvatli yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Umuman olganda, Surxondaryoda ijtimoiy muammolarni hal qilishga joriy yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 465 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Shuningdek, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 328 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bular orqali 325 ming aholini daromadli mehnat bilan ta’minlab, Surxondaryoni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilib qo‘yildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
V Termeze s uchastiyem Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas sessiya Surxandarinskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2023
Yangiliklar lentasi
0