https://oz.sputniknews.uz/20230312/sudan-rossiya-bilan-togridan-togri-reyslar-tiklanishini-istaydi--elchi---32825866.html
Sudan Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tiklanishini istaydi – elchi
Sudan Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tiklanishini istaydi – elchi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, bu ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.
2023-03-12T15:52+0500
2023-03-12T15:52+0500
2023-04-05T18:44+0500
dunyoda
aviareys
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20225780_0:62:3423:1987_1920x0_80_0_0_5954f6fa56c8b352987490316287eb4c.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Xartum Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qaytarishni istaydi, dedi Sudanning Moskvadagi elchisi Muhammad Elg‘azali Eltijani Sirraja RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.Moskva va Xartum o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar XX asrning ikkinchi yarmida ochiq bo‘lgan. Hozirda mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20225780_345:0:3076:2048_1920x0_80_0_0_ca68589d16713b00c28418351d1631ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya aviareys
Sudan Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tiklanishini istaydi – elchi
15:52 12.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, bu ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Xartum Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qaytarishni istaydi, dedi Sudanning Moskvadagi elchisi Muhammad Elg‘azali Eltijani Sirraja RIA Novosti agentligiga bergan
intervyusida.
“Sovet davrida bizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud edi, “Aeroflot” Sudanga uchib, mamlakat aeroportidan boshqa mamlakatlarga tashrif buyurish uchun xab sifatida foydalangan. Umid qilamanki, Rossiya Federatsiyasi va Sudan o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘liq bu masala qayta ko‘rib chiqiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochiladi”, - dedi Sirraja.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi.
“Ammo biz Rossiya tomoni bilan bu masalani hali muhokama qilganimiz yo‘q”, - deya xulosa qildi diplomatik missiya rahbari.
Moskva va Xartum o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar XX asrning ikkinchi yarmida ochiq bo‘lgan. Hozirda mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas.