https://oz.sputniknews.uz/20230312/shahzoda-garrining-farzandlari-charlz-iii-ning-toj-kiyish-marosimiga-taklif-qilinmadi--oav--32824274.html
Shahzoda Garrining farzandlari Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmadi – OAV
Shahzoda Garrining farzandlari Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmadi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.
2023-03-12T13:10+0500
2023-03-12T13:10+0500
2023-03-12T13:10+0500
dunyoda
buyuk britaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20038332_0:0:2548:1433_1920x0_80_0_0_87a6b255ae0e0d54ce822dc39f52b6dc.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va Megan Marklning farzandlari – shahzoda Archi va malika Lilibet hozirda Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmayapti.Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklifnoma olgan.Uch yoshli shahzoda Archi taxt vorisligiga oltinchi, uning singlisi Lilibet yettinchi o‘rinda turadi.Shahzoda Garri va Megan Markl qariyb uch yil oldin qirollik oilasi bilan to‘qnash kelganidan so‘ng, qirollik vazifalarini bajarishdan bosh tortib, Buyuk Britaniyani tark etdi. 2021-yil mart oyida juftlik Opra Uinfriga shov-shuvli intervyu berishdi, unda ular qarindoshlarini befarqlik, doimiy bosim va hatto irqchilikda ayblashdi. O‘shandan beri er-xotin va qirollik saroyi o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20038332_0:0:2548:1911_1920x0_80_0_0_ac15b13183de28f99c03bbaab66d59be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buyuk britaniya
Shahzoda Garrining farzandlari Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklif qilinmadi – OAV
Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va Megan Marklning farzandlari – shahzoda Archi va malika Lilibet hozirda Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimiga
taklif qilinmayapti. Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.
“Sasseks gersogi va gersoginyasining farzandlari shahzoda Archi va malika Lilibet hozircha toj kiyish marosimiga taklif qilinmagan”, - deyiladi OAV xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Charlz III ning toj kiyish marosimiga taklifnoma olgan.
Uch yoshli shahzoda Archi taxt vorisligiga oltinchi, uning singlisi Lilibet yettinchi o‘rinda turadi.
Shahzoda Garri va Megan Markl qariyb uch yil oldin qirollik oilasi bilan to‘qnash kelganidan so‘ng, qirollik vazifalarini bajarishdan bosh tortib, Buyuk Britaniyani tark etdi. 2021-yil mart oyida juftlik Opra Uinfriga shov-shuvli intervyu berishdi, unda ular qarindoshlarini befarqlik, doimiy bosim va hatto irqchilikda ayblashdi. O‘shandan beri er-xotin va qirollik saroyi o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda.