https://oz.sputniknews.uz/20230312/samarqandda-unwto-bosh-assambleyasining-25-sessiyasi-otkaziladi-32822622.html
Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladi
Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
U joriy yil 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
2023-03-12T09:24+0500
2023-03-12T09:24+0500
2023-03-12T09:24+0500
turizm
o‘zbekiston
samarqand
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0e/32244403_0:991:2048:2143_1920x0_80_0_0_6f6c121bfd6b261e658641b98c38f0b3.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan Samarqandda BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada o‘tkazishga doir qaror qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, u joriy yil 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.Qayd etilishicha, Bosh assambleya doirasidagi tadbirlarda qatnashadigan chet ellik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy ma’lumotlarga ega maxsus qo‘llanma ishlab chiqish rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning yubiley 25-sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0e/32244403_0:799:2048:2335_1920x0_80_0_0_c23e38af4894beb22a6c5ffb3680b7bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston samarqand
Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladi
U joriy yil 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan Samarqandda BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada o‘tkazishga doir qaror qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, u joriy yil 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, Bosh assambleya doirasidagi tadbirlarda qatnashadigan chet ellik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy ma’lumotlarga ega maxsus qo‘llanma ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Sessiyada O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri – Shahrisabz shahri “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning yubiley 25-sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan.