O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto
Futbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2023
Obuna bo‘lish
Penaltilar seriyasida O‘zbekiston Avstraliyani 5:4 hisobida yutdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Kecha, 11-mart kuni futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining chorak final o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston jamoasi Avstraliya vakillari bilan kuch sinashdi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘shimcha daqiqalarda ham hisob o‘zgarmadi. Shundan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasiga taklif qilindi.
Penaltilar seriyasida O‘zbekiston Avstraliyani 5:4 hisobida yutdi.
Shu tariqa jamoa 2023-yil 20-maydan 11-iyungacha Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0