O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Uzoq Sharqdagi telekanallarda targ‘ib qilinadi

© Depositphotos / ZavalnyiPult pereklyuchayet kanali
Pult pereklyuchayet kanali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2023
Obuna bo‘lish
Primorsk o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan o‘zbekistonliklar hayotiga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlash yuzasidan ham fikr almashildi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi xodimlari Uzoq Sharq mintaqasidagi yetakchi “OTV Primorye” va “ASTV” telekanallari mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish va ushbu hududlardan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida teledasturlarni hamkorlikda tayyorlash va efirga uzatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Primorsk o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan va hudud taraqqiyotida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan o‘zbekistonliklar hayotiga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlash yuzasidan ham fikr almashildi.
“OTV Primorye” va “ASTV” telekanallari vakillari O‘zbekiston bugungi kunda rossiyalik sayyohlar uchun eng muhim turistik manzillardan biriga aylanganini bildirishdi. Rossiya tomoniga ko‘ra, O‘zbekistonda yaratilgan yuqori darajadagi turizm infratuzilmasi xorijiy sayyohlarni jalb qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Uchrashuv yakunida Rossiya hududlaridan O‘zbekistonga sayyohlar sonini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish bo‘yicha kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0