Eronda O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

© Baxtiyor SaidovEronda O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Eronda O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2023
Obuna bo‘lish
Eronning 20 ta kompaniyasi rahbarlari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Eron poytaxti Tehronda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Eronning 20 ta kompaniyasi rahbarlari bilan farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va to‘qimachilik sanoatlari, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0