https://oz.sputniknews.uz/20230311/zangiota-shifoxona-avtobus-32802947.html
Zangiotadagi shifoxona xodimlari uchun yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Zangiotadagi shifoxona xodimlari uchun yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
2023-03-11T14:46+0500
2023-03-11T14:46+0500
2023-03-11T14:46+0500
jamiyat
o‘zbekiston
zangiota tumani
tibbiyot muassasi
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1b/31775861_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b825a0304ef27afdf5788cdb2045e3d7.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari uchun yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Uni 21-martgacha ishga tushirish rejalashtirilgan, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi.Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik ko‘chirilgani va u yerga eltuvchi jamoat transporti mavjud bo‘lmagani xodimlarga noqulaylik tug‘dirayotgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilindi.Shu munosabat bilan, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab Transport vazirligiga murojaat qildi.Natijada 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yangi shahar jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish yuzasidan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.Hozirda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yilgan. Yo‘nalish tender o‘tkazilgandan so‘ng 21-martgacha ishga tushiriladi.
o‘zbekiston
zangiota tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1b/31775861_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fe3395d0b04e66fc3f743149be648d26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston zangiota tumani tibbiyot muassasasi avtobus
o‘zbekiston zangiota tumani tibbiyot muassasasi avtobus
Zangiotadagi shifoxona xodimlari uchun yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari uchun yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Uni 21-martgacha ishga tushirish rejalashtirilgan, deya xabar berdi
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik ko‘chirilgani va u yerga eltuvchi jamoat transporti mavjud bo‘lmagani xodimlarga noqulaylik tug‘dirayotgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab Transport vazirligiga murojaat qildi.
Natijada 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yangi shahar jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish yuzasidan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
“O‘rganish natijasiga ko‘ra, shifoxonadan 5-metro bekatigacha bo‘lgan masofa 6,9 km.ni tashkil etayotgani, shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish maqsadga muvofiqligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Hozirda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yilgan. Yo‘nalish tender o‘tkazilgandan so‘ng 21-martgacha ishga tushiriladi.