Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari BAA prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Suhbatda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat quyidagi sohalardagi dasturlarni rivojlantirishdan manfaatdor:
Neft-kimyo;
Oziq-ovqat sanoati;
Infratuzilmani rivojlantirish sohalari;
Tog‘-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish moliyaviy-texnik hamkorlik;
Madaniy-gumanitar almashinuv.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili O‘zbekiston-BAA o‘zaro savdo hajmi ikki barobarga ko‘paydi. O‘zbekistonda 240 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0