Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari ogohlantirildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Mediabankka oʻtishRabochiye na stroitelnoy ploщadke
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bogʻliq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bogʻliq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.
Xususan, qarindoshlariga pul oʻtkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.
Taʼkidlanishicha, ushbu holatlar boʻyicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.
Shu munosabat bilan, oʻzbekistonlik mehnat migrantlaridan bank xizmatlaridan, xususan, pul oʻtkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslik soʻralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0