Rossiya o‘zbekistonlik fermerlarga hosildorlikni oshiruvchi texnikalarni taqdim etdi

© Torgovoe predstavitelstvo Rossii v UzbekistaneFermeram Uzbekistana prodemonstrirovali rossiyskuyu innovatsionnuyu selxoztexniku
Fermeram Uzbekistana prodemonstrirovali rossiyskuyu innovatsionnuyu selxoztexniku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Pegas-Agro” kompaniyasi vakillari o‘zbekistonlik fermerlarga “Tuman” o‘ziyurar mashinalarini ko‘rsatishdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya o‘zbekistonlik fermerlarga hosildorlikni oshiruvchi texnikalarni taqdim etdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Pegas-Agro” (Rossiya) hamkorligida ko‘rgazmali seminar-trening tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik fermerlar Rossiyadan olib kelingan texnikalarni boshqarib, sinab ko‘rishdi.
© Qishloq xo‘jaligi vazirligiHosildorlikni oshiruvchi texnikalar
Hosildorlikni oshiruvchi texnikalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Hosildorlikni oshiruvchi texnikalar
Tadbir doirasida Rossiyaning “Pegas-Agro” kompaniyasi vakillari “Tuman” o‘ziyurar mashinalarini tanishtirishdi. Ushbu texnikalarning qatorida turli purkagichlar, mineral o‘g‘it sepkichlar, multiinjektorlar va ekish modullari ham mavjud.
“Texnika rossiyalik aviatsiya muhandislari tomonidan innovatsion ishlanmalar bilan ishlab chiqarilgan. U juda yengil va o‘simliklarga zarar yetkazmaydi. Mashina g‘ildiraklarining tuproqqa bosimi odam qadami bosimidan kamroq”, - deydi Rossiya biznes-diplomatiya fondi rahbari Mixail Panchenkov.
2013 yilda O‘zbekistonda ana shunday 4 ta dastlabki ishlab chiqarilgan texnikalardan foydalanish boshlagan. Bu safar yangilangan modellar, jumladan, uchuvchisiz texnologiyalar ham keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Samara viloyatida “Pegas-Agro” MChJ va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0