O‘zbekiston Qozog‘iston bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana.
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik qiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0