O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi — TIV

© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Baxtiyor Saidov
“Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon Janobi Oliylari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, sarmoyaviy sheriklik, ishbilarmonlik almashinuvi va xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga kelishib oldik”, deydi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi 11-12 mart kunlari amalga oshirilishi ma’lum qilingan edi.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0