Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi.
U tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi.
Chusovitina faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi. Shu tariqa, sportchi qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasiOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Oksana Chusovitina
Tayanib sakrash, ayollar:
Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
Linmin Yu (Xitoy) – 13.383
Yangiliklar lentasi
0