Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat +24-29 jarajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat +24-29 jarajagacha ko‘tariladi.
Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11-13 daraja iliq, kunduzi +24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Surxondaryo viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda sel-suv tishqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0