Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaToshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati yugurish musobaqasi sabab vaqtincha cheklanadi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sabab yopiladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Toshkentda 12-mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “V International Tashkent Marathon”, "Yangi nafas" "Men G‘olib" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
© Toshkent shahar hokimligiToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Toshkent
11 mart kuni soat 10:00 dan 12-mart kuni soat 16:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.
12 mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Afrosiyob ko‘chasi – Beshog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Abay ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.
Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-fevral kuni ham Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilgani sababli qator ko‘chalar 2,5 soatga yopilgandi.
Yangiliklar lentasi
0