https://oz.sputniknews.uz/20230310/shavkat-mirziyoev-si-tszinpinni-lavozimiga-qayta-saylangani-bilan-tabrikladi-32781837.html
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani... 10.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-10T14:33+0500
2023-03-10T14:33+0500
2023-03-10T17:35+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
shavkat mirziyoyev
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28225962_0:53:3066:1778_1920x0_80_0_0_699fb1fd723447762e494dc3ed24d1d5.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti XXR Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.Davlat rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.Xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlarning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlar manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.O‘zbekiston prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.Eslatib o‘tamiz, bugun Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlarining ovoz berish natijalariga ko‘ra, Si Szinpin bir ovozdan uchinchi besh yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28225962_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_5b1a6aad39c6e7b82502fbe80eb40042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shavkat mirziyoyev, si szinpin
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shavkat mirziyoyev, si szinpin
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
14:33 10.03.2023 (yangilandi: 17:35 10.03.2023) Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti XXR Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.
Xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlarning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlar manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.
O‘zbekiston prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlarining ovoz berish natijalariga ko‘ra, Si Szinpin bir ovozdan uchinchi besh yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga
qayta saylandi.