O‘zbekistonda avtoshinalarni qayta ishlash korxonasi ochilishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonda shinalarni qayta ishlash korxonasi ochilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda shinalarni qayta ishlash korxonasi ochilishi kutilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Germaniya avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishi rejalalashtirmoqda.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonda shinalarni qayta ishlash korxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda. Korxona Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi, deya xabar berdi “Dunyo”AA.
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi diplomatlari Germaniyaning "Matteco GmbH" kompaniyasi rahbari Bernd Kriyeg va "Selfus" kompaniyasi rahbari Alek Luri bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Muzokaralar chog‘ida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tizimini yaratishga qiziqish bildirishdi.
"Selfus" kompaniyasi rahbari Alek Luri qayta ishlangan shinalardan quyosh panellari, pol qoplamalari, tomchilatib sug‘orish shlanglari ostiga o‘rnatish va tuproq eroziyasidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizimlarning bir qismi sifatida "geogridlar" ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkinligini bildirdi.
Korxona shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish, qayta ishlangan mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha to‘liq siklga ega bo‘ladi.
Muzokaralar natijasida tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Endi xorijiy kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistonning vakolatli idoralari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun respublikaga tashrif buyurishadi.
Yangiliklar lentasi
0