O‘zbekiston — Avstraliya o‘rtasidagi futbol matchini tomosha qilish necha pulga tushadi?

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasifutbol muhlislari
futbol muhlislari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasidagi futbol matchi uchun chiptalarni 10 000 - 50 000 so‘mgacha sotib olish mumkin.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasidagi futbol matchi uchun chipta narxi 10 000 - 50 000 so‘mni tashkil qilmoqda.
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U20 doirasidagi O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasidagi chorak final o‘yini 11-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin ertaga 19:00 da boshlanadi. Kirish uchun chipta narxlari 10 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha sotib olish mumkin.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U20 bahslariga start berilgandi. Ushbu turnir Jahon chempionatiga yo‘llanma beradi.
U-20 Osiyo Kubogi guruh bosqichi 1-martdan 9-martgacha bo‘lib o‘tdi. Unda 24 ta o‘yinda 55 ta to‘p kiritildi. Bahslarning 5 tasida durang qayd etildi, 19 ta bellashuv esa u yoki bu jamoaning g‘alabasi bilan tugadi.
Yangiliklar lentasi
0