Lavrov: Gruziya voqealari — Kiyev "Maydan"ini eslatadi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya intervyu generalnomu direktoru mediagruppi "Rossiya segodnya" Dmitriyu Kiselevu.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya intervyu generalnomu direktoru mediagruppi Rossiya segodnya Dmitriyu Kiselevu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
G‘arbning Gruziya va Moldovadagi muxolifat noroziliklariga munosabati — mutlaqo turlicha, - dedi Lavrov.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Gruziya voqealari Kiyevdagi "Maydan"ni juda eslatadi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Bolshaya Igra" dasturiga bergan intervyusida.

Lavrov intervyusidan asosiy fikrlar:

Tbilisidagi tartibsizliklar tashqaridan "uyushtirilgan" va ularning maqsadi — Rossiya chegaralari yaqinida yana bir bezovtalik nuqtasi yaratishdir;
G‘arbning Gruziya va Moldovadagi muxolifat noroziliklariga munosabati — mutlaqo turlicha;
Borrellning "Gruziya qabul qilmoqchi bshlgan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun Yevropa Ittifoqi qadriyatlariga mos kelmaydi va Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish maqsadiga zid" degan gapi bu - ikkiyuzlamachilik;
Rossiya qo‘shnilari AQSh manfaatlariga aralashib qolishi - o‘zlari uchun naqadar xavfli ekanini anglab yetishlari kerak;
“Shimoliy oqim”dagi teraktni tergov qilishga to‘sqinlik qilingan taqdirda - Moskva o‘z mulkiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qilgani uchun G‘arbga qanday javob berish haqida o‘ylab ko‘radi;
G‘arbning Xitoyga nisbatan sanksiyalar bosimi kuchayadi;
Van I Moskvaga tashrifi chog‘ida Pekinning Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aniq tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya parlamenti tomonidan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun birinchi o‘qishda qabul qilinganidan so‘ng seshanba kuni Tbilisi markazida tartibsizliklar boshlangan edi.
Muxolifatchilarning fikricha, qonun loyihasi tartibga solishning ruscha versiyasiga o‘xshaydi va mamlakatni Yevropa Ittifoqidan uzoqlashtiradi.
“Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Gruziyada nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xorijiy davlatdan mablag‘ oluvchi subyektlar reyestrini yaratishni nazarda tutadi. Parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari jurnalistlarga yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanliklarini, agar prezident Salome Zurabishvili ushbu qonunga veto qo‘ysa, deputatlar uni yengib o‘tishga harakat qilishlarini aytishdi.
Yangiliklar lentasi
0