Konstitutsiyaviy sud referendum haqidagi qarorni 13-mart kuni ko‘rib chiqadi

© Depositphotos / BelchonockSudebnie prinadlejnosti, molotok i knigi, na stole
Sudebnie prinadlejnosti, molotok i knigi, na stole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaviy sud referendum haqidagi qarorni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligini 13-mart kuni ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha referendumini o‘tkazish haqidagi qarorini O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligini 13-mart kuni ko‘rib chiqadi.
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning ochiq sud majlisi 2023-yil 13-mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Oliy Majlis deputatlari 10-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini qabul qilishgan edi. Majlis yakunida, shuningdek deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiya to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha Referendum 2023-yil 30-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0