Kolumnistlar

AQSH Kiyev uchun kamikadze uchuvchilarni tayyorlamoqda

© Sputnik / Denis Malinovskiy / Mediabankka oʻtishSamolet MiG-29 VVS Ukrainы na prazdnovanii 30-letiya nezavisimosti Ukrainы v Odesse.
Samolet MiG-29 VVS Ukrainы na prazdnovanii 30-letiya nezavisimosti Ukrainы v Odesse. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
MiG-29larini AQShning AIM-120 raketalari bilan jihozlash Ukraina Havo kuchlarining gʻalaba imkoniyatini oshirmaydi, chunki Rossiya samolyotlari undan ikki baravar kuchli raketalar bilan jihozlangan. Bunda aksariyat UHK uchuvchilarining faqat bitta parvoz imkoniyati boʻladi xolos.
TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Vashington Kiyev rejimiga NATOning zarba beruvchi samolyotlarini yetkazib berib tavakkal qilmaydi. Ukraina armiyasining havo kuchlaridagi ehtiyojini AQSH turli davlatlardan sotib olingan ishlatilgan MiG-29 qiruvchi samolyotlarini amerikaning “havo – yer” va “havo – havo” turkumidagi raketalari bilan jihozlash orqali hal qilishga harakat qilmoqda.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Jon Kirbi xabar berishicha, AQShning Arizonadagi harbiy-havo bazasida ukrainalik uchuvchilarning malakasini oshirish F-16 ni boshqarishga tayyorgarlik emas, balki Amerikaning yuqori aniqlikdagi raketalarini MiG qiruvchi samolyotlariga oʻrnatish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Vashington Kiyevga NATO samolyotlarini yetkazib berishga hali erta deb hisoblaydi, biroq Kongress ukrainalik aviatorlarni Amerikaning F15 va F16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishni oʻrgatish uchun 2022 yil iyulida 100 million dollar ajratib boʻlgan edi. 6 mart, dushanba kuni AQShda UQKning dastlabki ikki uchuvchisining “noaniq” mashgʻulotlari boshlandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerika F-6 qiruvchi samolyotlarini jang maydonida Ukraina gʻalabasining kaliti deb hisoblaydi. Rossiya Mudofaa vazirligining statistik maʼlumotlari esa Gʻarbdan Ukrainaga hujum samolyotlari yetkazib berishning maʼnisizligidan dalolat beradi, chunki bir yil ichida UQKning 400 ga yaqin samolyoti va 200 dan ortiq vertolyoti yoʻq qilindi.

Rossiya Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, maxsus operatsiya boshida (2022 yil 24 fevral) Ukraina Harbiy-havo kuchlarida atigi 152 ta samolyot boʻlgan. Shu jumladan, 85 ta barcha turdagi qiruvchi samolyotlar. Binobarin, UQKning yoʻq qilingan 400 ta samolyotining 250 tasi - AQSH puliga asosan butun dunyo boʻylab yigʻilgan SSSR va Rossiyada ishlab chiqarilgan MiG-29, Su-27, Su-24 va Su-25 samolyotlaridir.
Amerika raketasini integratsiya qilish uchun aynan MiG-29 tanlangani bejiz emas. Bu toʻrtinchi avlod front qiruvchi samolyoti boʻlib, boshqariladigan raketalar va bort zambaragidan oʻq uzish bilan barcha turdagi havo nishonlariga zarba berishga qodir.
Maksimal tezligi soatiga 2400 km. Balandligi–18000 metr. Uzoqlik masofasi –2100 km. Jangovar yuk koʻtarishi –3 tonnagacha. MiG-29 – eng keng tarqalgan sovet qiruvchi samolyotilaridan biri boʻlib, u turli xil modifikatsiyalarda 1600 donadan ortiq ishlab chiqarilgan.
MiG-29 samolyotlari rasman 29 ta davlat qurolli kuchlari safida bor, jumladan Ukrainada ham. Misol uchun, Sovet merosidan Polshada 50 dan ortiq MiG-29 qolgan va Varshava Kiyevga hammasini berishga tayyor. Ruminiyada 24 ta MiG samolyoti bor. Avvalroq AQSH Moldovadan 21 ta MiG-29 sotib olgan edi.
Vengriyaning 28 ta va Bolgariyaning 12 ta MiG-29 samolyotlarining taqdiri nomaʼlum. Mart oyi boshida Slovakiya Ukrainaga 10 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini topshirishga tayyorligini bildirgan edi. Osiyo va Afrika mamlakatlari havo kuchlarinihisobga olmagan taqdirimizda ham, AQSH tomonidan “sotib olishi” yoki Ukraina uchun almashtirishi mumkin boʻlgan jami 140 ga yaqin MiG-29 samolyotlar yigʻilmoqda.
MiG-29 qiruvchi samolyotlarining (shuningdek, Su-25 front bombardimonchilari va Su-25 hujumchi samolyotlarining) texnik tayyorgarligini tiklash muammolarini Sharqiy Yevropadagi “MiGlar” va “Suxoylar”ni taʼmirlash borasida asosiy baza boʻlgan Polshadagi №2 Wojskowe Zakłady Lotnicze davlat samolyot taʼmirlash zavodi hal qilishi mumkin. Eslatib oʻtaman, Lvov aviatsiya zavodi Rossiya MHO boshidayoq raketa hujumi bilan “yoʻq qilingan”.

Ukraina “kamikadze” lari

UQK uchuvchilari F-16 va F-15 qiruvchi samolyotlarini qayta oʻrganishi uchun necha oy yoki yillar kerak boʻlishi – muhokama qilinadigan mavzu. Ukraina "as"larining havo jangida hech boʻlmaganda bitta gʻalabasini tasdiqlovchi dalillarning yoʻqligi – mulohaza uchun maʼlumotdir. Rossiyaning oltita samolyotini yolgʻiz oʻzi urib tushirgan “Kiyev arvohi” shunchaki Ukraina OAV ning uydirmasi boʻlib chiqdi.
Maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya xavo-kosmik kuchlari qiruvchi samolyotlarining (Su-57, Su-35S, Su-30SM) ustunligi soʻzsizdir. Ukrainaning Su-27 va Su-24 samolyotlarini R-37M “havo – havo” raketalari yordamida 200 km dan ortiq (NATO uchun bu juda uzoq) masofadan turib yoʻq qilinganligi hatto Britaniya manbalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda.

Amerikaning zarba berish masofasi 180 km boʻlgan AIM-120 “havo – havo” raketalari bilan jihozlash Ukraina MiG-29larining gʻalaba qozonish imkoniyatini oshirmaydi. Avvalroq amerikalik mutaxassislar MiG-29 samolyotiga radiolokatsiyaga bardoshli boʻlgan AGM-88 HARM raketalarini oʻrnatgan edi, lekin bu Ukraina harbiy harakatlar teatrida kuchlar muvozanatini oʻzgartirmadi.

Vashington Kiyev rejimini Amerikaning F -16 qiruvchi samolyotlari bilan taʼminlashda ikkilanib turibdi. Bu xavfsirashning sababi, koʻp jihatdan, AQSH-Rossiya oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri ziddiyatning kuchayishi emas, balki Rossiya qurollarining texnologik ustunligidir. Amerikaning eng ilgʻor AIM-120 “havo – havo” raketalari Rossiyaning R-37M raketalariga (400 km gacha) qaraganda ikki karra kuchsizroq. R-37M raketalari, shuningdek, gipertovushli – 6 Max yoki 7192 km/ soat tezlikda uchadi, ishga tushirilgandan soʻng 3-4 daqiqada uzoq masofadagi nishoniga yetib bora oladi. Yuqori aniqlikdagi AIM-120 raketalari hech qanday vaziyatda UQK qiruvchilariga yordam bermaydi (MiG-29, F-16 yoki F-15). Shu sababli, AQShda arzon narxda ukrainalik kamikadze-uchuvchilar tayyorlanmoqda, ular katta ehtimol bilan faqat bitta parvozni amalga oshiradilar.
NATO Ukrainaga qurol yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Pentagon rahbari Lloyd Ostin oʻnlab mos samolyotlarni “tortib olish” mumkin boʻlgan Shimoliy Afrika mamlakatlarini“tintib”, shiddat bilan kezmoqda. Masalan, Misr harbiy-havo kuchlari 2015 yildan buyon 40 dan ortiq MiG-29 qiruvchi samolyotlarini ishlatib kelmoqda.

Kiyevning bosh “aktyori” Zelenskiy UQKni joniga qasd qilinadigan qarshi hujumga tayyorlamoqda va Gʻarbdan harbiy yordamni oshirishni talab qilmoqda. AQSH va NATO boshchiligida Kiyev rejimi mulohaza qilinmasdan UQKning qaytarib boʻlmaydigan yoʻqotishlarini koʻpaytirmoqda, oʻz nazorati ostidagi hududning tinch aholisini kulfatlar va qiyinchiliklarga mahkum qilmoqda. Vashington va Ukraina qoʻgʻirchoqlarining tajovuzkor rejalarini obʼyektiv haqiqat shafqatsizlarcha yoʻqqa chiqarmoqda.

Bugun Rossiya QK uzoq masofali, havo, dengiz va quruqlikdagi yuqori aniqlikdagi qurollar, jumladan, “Kinjal” gipertovushli raketa majmuasi bilan Ukrainaning muhim harbiy infratuzilma obʼyektlari va harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga kattiq zarba berdi. Maqsadlarga erishildi: hujumchi dronlarining bazalari yoʻq qilindi, zahiralarni tashish va chet el qurollarini temir yoʻl orqali olib kirish yoʻllari vayron qilindi, harbiy texnikani taʼmirlash va oʻq-dorilar ishlab chiqarish obʼyektlari ishdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0