“G‘ishtko‘prik” bojxona postida yangi terminal quriladi

© Prometheus8KPP "Gisht-ko‘prik"
KPP Gisht-ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Yangi terminalda avtomobil yo‘li, avtoturargoh, oshxona, tibbiyot xonasi, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida yangi majmua quriladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurilish loyihalari taqdimotida ma’lum bo‘ldi.
Xususan, ushbu bojxona posti uchun zamonaviy majmua barpo etish rejalashtirilgan. Yangi terminal, avtomobil yo‘li, avtoturargoh, oshxona, tibbiyot xonasi, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Prezident majmuada yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarni yaratish, bojxona nazorati va yuklarni o‘tkazish jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
© Tamojenniy komitet UzbekistanaKPP "Gisht-ko‘prik"
KPP Gisht-ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
KPP "Gisht-ko‘prik"
Yangiliklar lentasi
0