Gamburgda “Iyegova shohidlari”* markazi yaqinidagi otishmada 6 kishi halok bo‘ldi — video

© AFP 2023 / Andreas Gebert / dpaPolitseyskaya spetsoperatsiya v Munxene 22-iyulya 2016
Politseyskaya spetsoperatsiya v Munxene 22-iyulya 2016 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
HM: Gamburgdagi “Iyegova shohidlari”* markazi oldida otishmada kamida olti kishi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Gamburgda "Iyegova shohidlari"* markazidagi otishma oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va kamida 24 kishi yaralandi, deb xabar berdi mahalliy OAV.
Hamburger Morgenpost xabariga ko‘ra, hujum Alsterdorf tumanida payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21.00 atrofida sodir bo‘lgan. Wetterauer Zeitung va Allgemeine Zeitung nashrlarining yozishicha, otishma sekta markazi yaqinida sodir bo‘lgan.

"Kamida olti kishi halok bo‘ldi, ularning ko‘plari og‘ir yaralandi", — deyilgan xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.\
* Rossiyada ta’qiqlangan diniy-ekstremistik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0