https://oz.sputniknews.uz/20230310/banklarda-kiberxavfsizlik-kuchaytiriladi-32773522.html
Banklarda axborot xavfsizligi muhofazasi yanada kuchaytiriladi
Banklarda axborot xavfsizligi muhofazasi yanada kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Markazi bank va Kasperskiy laboratoriyasi bilan hamkorlikda tijorat banklari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
2023-03-10T10:17+0500
2023-03-10T10:17+0500
2023-03-10T11:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston
markaziy bank
bank
kiberxavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766515_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4fb22185fdd909b80783db49e5fd001e.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston moliya tizimining kiberxavfsizligini ta’minlash yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bankda takshil etilgan o‘quv seminarida ma’lum qilindi.Toshkentda O‘zbekiston moliya tizimidagi kiberxavfsizlikning dolzarb muammolari va tahdidlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Kiber o‘quvlar Markaziy bank tomonidan Kasperskiy laboratoriyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda fuqarolarning mablag‘larini o‘g‘irlash, ijtimoiy injeneriya yordamida bank kartalaridagi mablag‘larni tasarruf etish huquqini qo‘lga kiritish kabi moliyaviy firibgarlik holatlari tez-tez uchramoqda.Markaziy bank raisining o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda moliya tizimining kiberxavfsizligini ta’minlash sohasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi.Tadbir doirasida Kasperskiy laboratoriyasining risklarni minimallashtirish va moliyaviy tizimda kibertahdidlarning oldini olish bo‘yicha turli xil yechimlar ko‘rib chiqildi.Ma’lumot uchun, 2022-yilning IV choragi yakunlariga ko‘ra, Markaziy bank axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik holati bo‘yicha 99 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egaladi. Biroq, tijorat banklari darajasida kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Moliya tizimining kiber xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021-yilda Markaziy bankning kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) tashkil etildi va o‘tgan yil oxirida ushbu markaz sayti ishga tushirildi.“Kiberxavfsizlik markazi” DUK ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda “uz” segmentidagi saytlarga 1,3 millionga yaqin kiberhujumlar sodir etilganligi bois kiberxavfsizlik mavzusi va moliyaviy firibgarlik masalalari muhim ahamiyatga ega.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766515_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ac489f0fe26e2338247e0618b566ea91.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston markaziy bank kasperskiy laboratoriyasi bank kiberxavfsizlik
o‘zbekiston markaziy bank kasperskiy laboratoriyasi bank kiberxavfsizlik
Banklarda axborot xavfsizligi muhofazasi yanada kuchaytiriladi
10:17 10.03.2023 (yangilandi: 11:23 10.03.2023) Toshkentda Markazi bank va Kasperskiy laboratoriyasi bilan hamkorlikda tijorat banklari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston moliya tizimining kiberxavfsizligini ta’minlash yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bankda takshil etilgan o‘quv seminarida
ma’lum qilindi. Toshkentda O‘zbekiston moliya tizimidagi kiberxavfsizlikning dolzarb muammolari va tahdidlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Kiber o‘quvlar Markaziy bank tomonidan Kasperskiy laboratoriyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda fuqarolarning mablag‘larini o‘g‘irlash, ijtimoiy injeneriya yordamida bank kartalaridagi mablag‘larni tasarruf etish huquqini qo‘lga kiritish kabi moliyaviy firibgarlik holatlari tez-tez uchramoqda.
Markaziy bank raisining o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda moliya tizimining kiberxavfsizligini ta’minlash sohasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi.
Tadbir doirasida Kasperskiy laboratoriyasining risklarni minimallashtirish va moliyaviy tizimda kibertahdidlarning oldini olish bo‘yicha turli xil yechimlar ko‘rib chiqildi.
“Kibertahdidlar bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston moliya tizimi uchun dolzarbdir. Kiber mashqlar davomida biz bankning axborot xavfsizligini ta’minlashda kiber immunitet yondashuvini ko‘rib chiqdik. Shuningdek, tadbirda bank xodimlari tomonidan kiberxavfsizlikka rioya qilish masalalariga alohida o‘rin berildi, chunki barcha kiber hodisalarning muhim qismi inson omili bilan bog‘liq”, – deya izoh berdi Kasperskiy laboratoriyasining Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi boshqaruvchi direktori Valeriy Zubanov.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning IV choragi yakunlariga ko‘ra, Markaziy bank axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik holati bo‘yicha 99 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egaladi. Biroq, tijorat banklari darajasida kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.
Moliya tizimining kiber xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021-yilda Markaziy bankning kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) tashkil etildi va o‘tgan yil oxirida ushbu markaz sayti ishga tushirildi.
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda “uz” segmentidagi saytlarga 1,3 millionga yaqin kiberhujumlar sodir etilganligi bois kiberxavfsizlik mavzusi va moliyaviy firibgarlik masalalari muhim ahamiyatga ega.