https://oz.sputniknews.uz/20230310/ayrim-davlat-mulklari-xususiylashtirilmasligi-belgilab-qoyildi-32778421.html
Ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmasligi belgilab qo‘yildi
Ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmasligi belgilab qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi. 10.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-10T13:49+0500
2023-03-10T13:49+0500
2023-03-10T14:13+0500
siyosat
o‘zbekiston
mol-mulk
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/86/5278693_158:177:1043:675_1920x0_80_0_0_814bd42033537c36f3ecf3b62def93c3.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-mart kuni imzolangan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun bilan ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmasligi belgilab qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabar berdi.Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yer uchastkalarini auksionga chiqarish soddalashtirilishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga muvofiq yerlarni auksionga chiqarish bosqichlari 13tadan 8taga tushiriladi va yer olish uchun sarflanadigan vaqt 74 ish kunidan 22 ish kunigacha qisqartiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/86/5278693_365:164:1046:675_1920x0_80_0_0_74972709c4a0f0fe317d1fd61514b092.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, mol-mulk, yangi qonun
siyosat, o‘zbekiston, mol-mulk, yangi qonun
Ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmasligi belgilab qo‘yildi
13:49 10.03.2023 (yangilandi: 14:13 10.03.2023) Prezident “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9-mart kuni imzolangan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun bilan ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmasligi belgilab qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali
xabar berdi. Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:
O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari.
Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:
shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;
mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yer uchastkalarini auksionga chiqarish soddalashtirilishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga muvofiq yerlarni auksionga chiqarish bosqichlari 13tadan 8taga tushiriladi va yer olish uchun sarflanadigan vaqt 74 ish kunidan 22 ish
kunigacha qisqartiriladi.