O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan avtobuslarning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi — video

© Podrobno.uzAvtobusi v Tashkente
Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Xitoyning "King Long" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan avtobuslarning birinchi partiyasi O‘zbekistonga may oyiga qadar yetkazib beriladi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. "King Long" kompaniya tomonidan O‘zbekiston buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan katta sig‘imli avtobuslarning dastlabki partiyasi tayyor bo‘ldi, deb ma’lum qildi Transport vazirligi axborot xizmati.

"Kuni kecha kompaniya tomonidan 18 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarning dastlabki partiyasini ishlab chiqarish jarayonlari yakunlangandi. Avtobuslar mart-may oylarida O‘zbekistonga yetkazib beriladi", - deyilgan vazirlik axborotida.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan videolavhada aytilishiga ko‘ra, ushbu avtobuslar gaz yoqilg‘isida ishlaydi va yuqori xavfsizlik darajasiga ega. Avtobus saloni nafaqat ko‘zga yoqimli, balkim yengil vaznli va uzoq muddat davomida xizmat qiluvchi materiallardan foydalanilgan. Avtobuslar konditsionerlar bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Toshkent shahri jamoat transporti uchun 18 metrli 200 ta va 12 metrli 500 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 12 metrli 300 ta elektrobus xarid qilish belgilangan. Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun ham jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar xarid qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0