https://oz.sputniknews.uz/20230309/shavkat-mirziyoev-qirgiziston-bosh-vazirini-qabul-qildi-32770651.html
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vazirini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
2023-03-09T22:20+0500
2023-03-09T22:20+0500
2023-03-10T11:17+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qirg‘iziston
akilbek japarov
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/09/32770475_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_79c3d0cebce658ac8e82c1c501ea6928.jpg
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.Avtomobilsozlikda, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini jadal sur’atda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.Shuningdek, Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini faol tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Undan tashqari 2023-yilda ikki davlat parlamentlari, hukumatlari, jamoatchilik va yoshlari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir necha qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish mo‘ljallangani ta’kidlandi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/09/32770475_34:0:1171:853_1920x0_80_0_0_8b89e45a33d149444a85eb40977be7a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident shavkat mirziyoyev qirg‘iziston aqilbek japarov
o‘zbekiston prezident shavkat mirziyoyev qirg‘iziston aqilbek japarov
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vazirini qabul qildi
22:20 09.03.2023 (yangilandi: 11:17 10.03.2023) Uchrashuvda avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Avtomobilsozlikda, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini jadal sur’atda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini faol tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Undan tashqari 2023-yilda ikki davlat parlamentlari, hukumatlari, jamoatchilik va yoshlari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir necha qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish mo‘ljallangani ta’kidlandi.