Sardor Umurzoqov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan uchrashdi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaRukovoditel Administratsii prezidenta Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s glavoy Kabineta ministrov Kirgizstana Akilbekom Japarovim
Rukovoditel Administratsii prezidenta Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s glavoy Kabineta ministrov Kirgizstana Akilbekom Japarovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda rasmiylar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda rasmiylar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “sinxron soatlar”ni muhokama qildilar.
“Ishonchim komilki, davlatlarimiz rahbarlari tomonidan bildirilgan tashabbus va kelishuvlarning amaliyotga tatbiq etilishi chegaradosh hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga multiplikativ samara beradi, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qiladi, transportdan foydalanish imkoniyatini mustahkamlaydi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va pirovardida aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi”, - dedi Aqilbek Japarov.
Qirg‘iziston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshishi mumkin.
“Bu maqsadga, jumladan, sement, ko‘mir, rangli metallar, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlari, kimoviy o‘g‘itlar, maishiy va savdo uskunalari, farmatsevtika mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali erishish mumkin”, - dedi u.
Sardor Umurzoqov, o‘z navbatida, kelishuvlarni amalga oshirish uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Aqilbek Japarov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U UzAuto Motors zavodi va respublikaning turli viloyatlaridagi qator to‘qimachilik korxonalarida bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0